
Dani Olmo: "Modrich - markaziy hudud qiroli"
"Leyptsig" klubi va Ispaniya terma jamoasi vakili Dani Olmo "Real" klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrichni maqtadi.
"Modrich umuman boshqa saviyadagi futbolchi. U namuna qilib ko‘rsatadigan o‘yinchilardan biri. Markazda o‘ynaganimda doim undan o‘rnak olaman. Yarim himoya chizig‘ida u eng barqaror futbolchi.
Menga uning o‘yinlarini tomosha qilish, tahlil qilish, to‘pni boshqarishi, umuman olganda, o‘yinni boshqarishi shunchaki zavq bag‘ishlaydi. Xorvatiya terma jamoasi ham juda yoqadi. Luka - markaziy hudud qiroli", - dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli ispaniyalik "JCh-2022"da bitta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar