
Dani Alvesning jamoadoshi kokoin iste’mol qilgani uchun 2 yilga futboldan chetlatildi
“San-Paulu” klubi hujumchisi Gonsalo Karneyro kokoin iste’mol qilgani uchun 2 yilga diskvalifikatsiya qilindi.
Braziliya sport antidoping sudi urugvaylik futbolchini 2019 yilning 16 mart sanasidan boshlab jazoga tortdi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsa, Karneyro jazo muddatining 7 oyini allaqachon o‘tab bo‘ldi.
Globoesporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra futbolchining yaqinlari sudning qaroridan norozi va shu bois appelyatsiya berishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Karneyro “San-Paulo” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi.
Fikrlar