
"Cho‘kayotgan kema"dan bir "yo‘lovchi" tushib qolmoqchi
"Everton" hujumchisi Risharlison yozda boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirmoqda.
"Goal.com" nashri bergan xabarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi jahon darajasidagi klublar safiga o‘tib, sovrinlar yutish niyatida. Hozirda uning agenti bir nechta grand jamoalar bilan aloqada bo‘lib turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli futbolchi APLda qoladi.
Avvalroq, Risharlisonga "Manchester Yunayted", PSJ hamda "Real" kabi jamoalardan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar chiqayotgandi.
Braziliyalik forvard joriy mavsumda APLning 29 ta o‘yinida, 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda uning jamoasi premer-ligada 16-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar