ChL. Bugun ikki yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ladi

  • 18 aprel, 2023, 07:00
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun, ya’ni ertangi kunga o‘tar payti Chempionlar ligasining chorak finalidan o‘rin olgan ikki javob bahsi bo‘lib o‘tadi. "Chelsi" o‘z maydonida "Real"ni qabul qilsa, "Milan" "Napoli"ga qarshi o‘ynaydi. 

Tecno

Dastlabki uchrashuvda Madridliklar Lempard shogirdlarini 2:0 hisobida mag‘lub qilgan edi. Gollarga Karim Benzema va Marko Asensio mualliflik qildi. "Aristokratlar" esa "Stemford Brij"da kambek qilishga harakat qilib ko‘radi. 

"San Siro"da bo‘lib o‘tgan bellashuvda "Milan" kichik 1:0 hisobida "Napoli"ni taslim qilgandi. Braxim Diasning yagona goli mezbonlar g‘alabasini ta’minladi. Endi novbat Neapoldagi uchrashuvga. 

Eslatib o‘tamiz, mazkur to‘qnashuvlardan keyin ikki yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ladi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!