"Chiroyli o‘yin unutiladi, natija esda qoladi" - Xomyakov Kumikov uslubidan foydalanadimi? "Andijon"ni kuchaytirish rejasi qanday?

  • 18 dekabr, 2022, 23:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Andijon” klubiga rossiyalik Aleksandr Xomyakov bosh murabbiy etib tayinlandi. Mutaxassisni ilgari ham ushbu jamoani boshqarganini muxlislar yaxshi eslab qolishgan.

Tecno

Aleksandr Andreevich hozirda eng shimarib ishga kirishgan. Bosh murabbiylikka qaytgan Xomyakov dastlabki fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ishonchni oqlash uchun maksimal darajada harakat qilaman”

- Birinchi navbatda viloyat xokimi Shuhratbek Qo‘shoqboevichga va klub rahbariyatiga menga ishonch bildirishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, muxlislarga ham qo‘llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytaman. Bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qildim. Albatta, ularning ishonchini oqlash uchun maksimal darajada harakat qilaman.

xomyakov5

“Turkiyada yig‘in o‘tkazishni reja qilganmiz”

- Albatta, reja asosida ish olib boramiz. Dastlabki yig‘inni boshlab oldik. 28 dekabrgacha davom ettiramiz. Keyin yangi yil munosabati bilan qisqa ta’tilga chiqamiz. So‘ng yig‘inimizni Dukentda olib boramiz va u erda 14 kunlik yig‘in davomida 3 ta nazorat bahslarida maydonga tushamiz. Navbatdagi yig‘inimizni xorijda Turkiyada o‘tkazishni reja qilganmiz. Mavsum oldidan bo‘ladigan tayyorgarligimizni qaerda o‘tkazishimizni hali aniqlaganimiz yo‘q. Bu taqvimdagi birinchi o‘yinimizni qaerda boshlashimiz bilan bog‘liq.

“Zamonaviy futbolda natija muhim”

- Zamonaviy futbolda natija muhim sanalyapti. Pro ligada ishonchli o‘yinlari bilan vazifani bajarishdi. Hozir qanday futbol ko‘rsatganini aytish fursati emas. Natijalarni yaxshilash ustida ishlash kerak, chiroyli o‘yin unutiladi, natija esa qoladi.

xomyakov6

“Kumikov qo‘llagan uslubni saqlab qolamiz”

- Viktor Balyutovich tanlagan uslub natija keltirgan bo‘lsa, nima uchun yana shu uslub ustida ishlamaymiz? Albatta, ishlaymiz. Jamoa o‘zagini, uslubini saqlab qolgan xolda biroz qo‘shimchalar ham qilamiz, albatta. Asosiysi, Viktor Balyutovich qo‘llagan uslubni saqlab qolamiz. Chunki aynan shu yo‘nalishda yutdi va g‘olib bo‘ldi. Uning tajribalari va uslubi natija beradigan bo‘lsa, bundan albatta foydalanamiz.

“Kuchaytirish kerak bo‘lgan pozitsiyalar bor”

- Aytib o‘tganimdek, mening vazifam tarkib o‘zagini saqlab qolish. To‘g‘ri, pozitsiyalar bo‘yicha ayrim o‘zgarish qilish kerak. Bu haqda Viktor Balyutovich bilan ham gaplashib olganmiz. Kuchaytirish kerak bo‘lgan pozitsiyalar bor. Bu qaysi pozitsiyalar ekanligini ochiqlamayman. Muammo bo‘lib turgan pozitsiyalarimiz bor, ularni jamoaga foydasi tegadigan sifatli o‘yinchilar bilan kuchaytirishga harakat qilamiz. Ro‘yxatimizdagi legionerlarni bosh direktor Ulug‘bek Abdusattorovich bilan maslahatlashamiz. Kerakli pozitsiyalarga yaxshi saviyadagi legionerlarni olamiz, albatta.

xomyakov1

“Muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etishga harakat qilamiz”

- Yuqorida aytib o‘tganimdek, muxlislarning ishonchini oqlashga va muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etishga harakat qilamiz. Futbol bu muxlislar uchun. Buning uchun g‘alabali va sifatli o‘yinlarimiz bilan xursand qilamiz.

“Nazorat o‘yinlari rejalashtirilgan”

- Dekabr oyidagi yig‘inda bitta, Dukentdagi yig‘inda esa 3 ta nazorat o‘yini rejalashtirganmiz. 9, 13 va 17 yanvar kunlariga mo‘ljallaganmiz. Sparting-raqiblarni keyinroq aniqlashtiramiz.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
19/12/2022 07:11
Хомяков ишларингиз илгари бу'лсин