
Chicharito juda ko‘p maosh olishini, shifokor va olimlar esa deyarli hech narsa olmasliklarini ochiq aytdi
AQShning “Los-Andjeles Gelaksi” klubi forvardi Xaver Ernandes shifokorlarning juda kam maosh olishini aytib o‘tdi.
“Sport bilan shug‘ullanayotganim uchun bu qadar ko‘p pul to‘lashlari, ammo virusga qarshi vaktsina izlayotgan va dunyoni qutqarib qolishga harakat qilayotgan shifokor hamda olimlar moliyaviy til bilan aytganda hech narsa olishmayotganiga aqlbovar qilmaydi”, - deydi meksikalik futbolchi.
Hozirda 1,5 milliondan ortiq inson koronavirusga chalindi.
Fikrlar