Chempionni "qiynagan" "Oq-tepa", Namanganda mehmonlarning g‘alabasi odatga aylanmoqda, hakamning antiqa qarori - O‘zbekiston Kubogi chorak finallari

  • 23 avgust, 2019, 18:30
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

21-22 avgust kunlari O‘zbekiston Kubogi chorak final bahslari o‘tkazildi. Bitta o‘yindan iborat uchrashuvlarning uchtasida mehmonlar g‘alaba qozonishdi. Faqatgina “Paxtakor” o‘z uyida zafar quchdi.

Tecno

“Oq-tepa” amaldagi chempionga muammolar tug‘dirdi. “Bunyodkor” Jizzaxda oxirgi daqiqada g‘alabani ilib ketdi. Namanganda final oldi final bo‘lib o‘tdi. Igor Sergeev “Paxtakor”ga keyingi bosqich eshiklarini ochdi.

Quyida kubok chorak finallar sharhi bilan tanishishingiz mumkin:

OQ-TEPA – AGMK 3:4

AGMK birinchi bo‘limni katta ustunlik bilan o‘tkazdi. Dastlab burchakdan oshirgan to‘pni Dilshod Jo‘raev boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Tanaffusga yaqin Elguja Grigalashvili avvaliga Jo‘raev, so‘ngra Baydullaevning uzatmasini deyarli bir xil nuqtadan golga aylantirdi.

Ikkinchi taym avvalida zaxiradan maydonga tushgan Pavel Purishkin ketma-ket ikkita gol urib, oradagi farqni qisqartirdi.

Hisobdagi ustunlik ta’sirida bo‘shashgan olmaliqliklar yana toshkentliklar tomon yurish qilishdi. Shu kuni faolligi bilan ajralib turgan Elguja Grigalashvili xet-trigini nishonladi.

Bellashuv tugashiga oz qolganda, ikkinchi taymda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Pavel ham xet-trik qayd etdi. Ammo bu gol poytaxtliklarga durang uchun kamlik qildi.

photo_2019-08-21_17-56-50

 

SO‘G‘DIYoNA – BUNYoDKOR 1:2

Jizzaxdagi stadionga yig‘ilgan ishqibozlar chiroyli o‘yin guvohiga aylanishdi. 2-daqiqadayoq hisobning ochilishi mezbon jamoa muxlislarini shod etdi.

“Qaldirg‘ochlar” darvozabonining qo‘pol xatosidan Jasur Hasanov foydalanib qoldi.

Ikkinchi bo‘limda “Bunyodkor” vakillari muvozanatni tiklashdi. 55-daqiqada mezbonlar himoyachisi raqib hujumchisidan to‘pni uzoqlashtiraman deb Mirjahon Mirahmadovga yordamlashib yubordi. Himoyachi Mirahmadovning oyog‘iga juda qulay tarzda to‘pni uzatdi va toshkentliklar o‘yinchisi darvozani ishg‘ol etdi.

photo_2019-08-22_10-46-14

Vaziyatlarning birida Lutfulla To‘raev raqib bilan to‘qnashuvda jabrdiydaga aylandi, “bunyodkorchilar” standart vaziyatiga ega bo‘lishdi.  Qizig‘i shundaki, hakam ushbu holatda Lutfulla To‘raevni ikkinchi marta ogohlantirib, maydondan chetlatdi. Tushunarsiz qaror. Takroriy lavhada biz To‘raevga nisbatan qo‘pollik ishlatilganini ko‘rdik. Balki Lutfulla referiga nisbatan noo‘rin gap aytgandir degan taxminimiz bor holos.

Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqada Vadim Abramov shogirdlari keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Chap qanotdan uzatilgan to‘pni Shohruh Gadoev to‘xtatmasdan to‘rga yo‘lladi.

 

NAVBAHOR - NASAF 0:1

Uchrashuv dastlabki daqiqalardanoq keskin kurashlar ostida boshlandi. Jamoalar tashabbusni qo‘lga olish uchun intilishdi. Golga qadar mehmonlar qulay imkoniyatga ega bo‘lishdi. Sharof Muhitdinov jarimadan yo‘llagan to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Mezbonlardan Azizbek Turg‘unboev ham ustunni nishonga olgani e’tiborga molik.

37-daqiqada hisob ochildi. Qarshi hujumda Bobir Abdixoliqov jamoadoshi Humoyun Murtozaevga pas berdi va u bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.

photo_2019-08-22_19-59-37

Ikkinchi taymda maydon egalari kutilganidek katta ustunlikka erishishdi. Juda ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Ayrim hollarda Abduvohid Ne’matov qarshiliklar joniga oro kirdi. Uning seyvlari jamoasini goldan qutqardi. Natijada namanganliklar hisobni tenglashtira olishmadi va musobaqa bilan xayrlashishdi.

 

PAXTAKOR – SURXON 2:0

O‘yin boshidan to‘pni nazorat qilish orqali tashabbusga erishgan "sherlar" hisobni ochish uchun 21 daqiqa sarflashdi. Dostonbek Hamdamovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan jarimadan Jaloliddin Masharipov to‘pni darvoza tomon oshirdi. Hammadan chaqqonroq o‘ynagan Igor Sergeev boshi bilan gol urdi.

6331566554787

Ikkinchi taymda "Paxtakor" ko‘plab qulay imkoniyatlarni qo‘ldan chiqardi. Sergeev, Cheran, Sobirxo‘jaev, Masharipovning zarbalaridan keyin mehmonlar to‘pni qaytarishdi. 89-daqiqada xuddi birinchi goldagidek holat takrorlandi. Masharipov jarimadan uzatgan to‘pni bu safar ham Sergeev boshi bilan to‘rga kiritib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Farhod Komilov
23/08/2019 19:03
Kimga achko kerak bulsa namanganga kelinglar bizni uyinchlar ulawadi muxlislar bir tiyin ekan bu naslarga