Chempionlarni tayyorlash (1-qism)

  • 27 avgust, 2019, 15:03
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lionel Messi fenomeni"ning siri ma’lum, yoxud jahon chempionlarini tayyorlash metodikasi.

Tecno

Muallif haqida: "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdievning akasi Mahmayusuf Berdiev. 1969 yilda Kitob tumani Ko‘mirtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining fizika fakultetini tugatgan. Dastlab Maydanak observatoriyasida kichik ilmiy xodim lavozimida ishlagan.

“Kitob” futbol jamoasi o‘yinchisi, bolalar va o‘smirlar futbol maktabi murabbiysi, direktori singari vazifalarda qariyb yigirma yil faoliyat olib borgan. FIFA “S” toifasidagi litsenziyasi sohibi. Mahmayusuf Berdiev 2017 yili “Orzu” nomli kitobini chop ettirgan. Kitobda muallif inson (futbolchi) ruhiyatining qanday keng imkoniyatlari borligini ilmiy asoslarda ochib bergan.

Men - fizikman. Yaqin - yaqingacha fizikani tanlaganimdan afsus qilar edim. Yaqindagina nima uchun fizikani tanlaganimni bilib qoldim. Men u erda bor - yo‘g‘i qonun va qonuniyatlarni urgangan ekanman.

Maktab davrimda Albert Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga qiziqib qolganman. Universitetni tugatganimdan keyin ham uning nazariyasiga tushunmaganman. Bugungi kunga kelib uning nazariyasi nimadan iborat ekanligini tushunib etdim. Uh-hu, bu mug‘ombir chol nimalarni fikrlagan ekan?

O‘ylamang, gap fizika sohasida borar ekan deb, futbolning fizika va matematikaga hech qanday, mutlaqo aloqasi yo‘q. Gap faqat, o‘zbek futboli va futbolchilari haqida boradi.

O‘zbek futboli va futbolchilarini qanday qilib, mumkin qadar eng qisqa vaqt ichida dunyo darajasiga chiqarish va ularni muvaffaqiyatini ta’minlash mumkin? Bu model qaysi mezonlarga asoslanadi?

Bu model - inson ongining ishlash printsipiga asoslanadi. Ammo butun insoniyat inson ongining ishlash printsiplari haqida hali etarlicha ma’lumotga ega emas. Albatta, Xudo tomonidan yaratilgan oliy darajadagi mukammal "mexanizm" (inson) bilan insonlar tomonidan yaratilgan mexanizmlarni solishtirib bo‘lmaydi. Aytaylik, insonlar tomonidan yaratilgan mexanizm avtomobilni harakatga kelish printsipi ma’lum qonuniyatlarga buysunadi. Xuddi shuningdek, inson ongining ishlash printsipi ham ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysungani kabi.

Aynan, inson ongining ishlash printsiplaridan ongli tarzda to‘g‘ri foydalanish, futbolimiz va futbolchilarimizga dunyo darajasidagi ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Parvardigor insonga unga asqotishi mumkin bo‘lgan barcha fanlarni berdi.

Ma’danlar haqida, o‘simliklar haqida, hayvonlar haqida, inson haqida, tana, aql - idrok haqidagi fanlar bisyor...

Hamma narsa haqida fanlar mavjud. Aytaylik, jismlarni o‘zaro ta’sir qonuniyatlarini urganadigan fan - fizika deb ataladi. Kimyo fani - moddalarni ichki tuzilishini urganadi.

Aql - idrok haqidagi fan - chi? Mantiq, falsafa.

So‘zlash san’ati - chi? Voizlik, notiqlik.

Nimalarnidir hisoblash fani - matematika.

Duch kelgan narsani emas, pulni hisoblash fani - iqtisod.

Er haqidagi fan - geometriya. Er osti, foydali qazilmalar haqidagi fan geologiya, geofizika, geodeziya.

Hayvonlar haqidagi fan - zoologiya.

O‘simliklar haqidagi? Botanika.

Tirik narsalar haqidagi fan - biologiya.

Tirik odam haqidagi fan - anatomiya. Ulik odam haqidagisi - patalogoanatomiya. Kasalliklar aspekti haqida bo‘lsa - patafiziologiya.

Yulduzlar haqida - chi? Astronomiya.

Qaerga qaramang, hamma yoqda fan, fan, fan. Hamma narsa haqida fan bor! Barcha - barcha fanlar mavjud, turli tuman fanlar uyumi. Hammadan ham qizig‘i, hamma narsani tushuntirib beradigan bitta yagona fan yo‘q. Hayron kolasan! Bunday fan mavjud emas. Insoniyatning butun mavjudlik davridan buyon hali bu fan yaratilgan emas.

Qaysi fan ekan bu?

Bitta fan mavjud, o‘zining mavjud emasligi bilan mashhur! Bizni urab turgan tevarak - olamda bu fan yo‘q! Chunki Yaratgan Egam qachonlardir, juda qadim zamonlarda bu fanni, bu haqiqatni shunday joyga bekitganki, inson hech qachon u erni izlab topolmaydi. Yaratgan bu bilimlarni eng ko‘rinadigan joyga bekitdi. Uni hech kim izlamaydigan erga - ya’ni insonning o‘ziga yashirib qo‘ya qoldi. Aynan mana shu erda insonning ilohiy tabiati namoyon bo‘la boshlaydi. Aynan mana shu erda insonning qobiliyati va mahorati shakllana boshlaydi. Xudo - chevardir! Xudo - zargardir! Xudo insonni shunday yaratgan.

Xudo insonni o‘ziga o‘xshatib yaratdi. Qaysi ma’nodaki, ya’ni u insonga "yaratish" qobiliyatini berdi. Har bir inson – “YaRATUVChI”DIR! Demak, har bir inson o‘z hayotining "buyuk ijodkor"idir.

Har bir insonning hayoti aynan mana shu narsaga tayanib turibdi. Har bir insonning barcha muvaffaqiyat va mag‘lubiyatlari aynan shunga tayangan.

Bu fan Ruhiyat haqidagi fandir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!