Chempionlarimiz mahorat saboqlarini o‘tkazdi

CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 19 martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish” yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi, O‘zbekiston boks federatsiyasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus yuzasidan joriy yilning 18 may kuni Uchtepa tumanida joylashgan Xalq talimi vazirligi tasarrufidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumtalim maktabida #5TashabbusUchtepa#Ilovesport xesh-tegi ostida sport aktsiyasi o‘tkazildi.

Tecno

Tadbirning birinchi qismida maktabning 300 nafar o‘quvchisi ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Dinamo” JTSJK harbiy xizmatchilari M.Yusupov va B.Jalolovlar, O‘zbekiston boks federatsiyasi sportchilari Sh.G‘iyasov va M.Axmadalievlar bilan brifing tashkil qilindi. Brifingda o‘quvchilar bugungi kunda boksda professional faoliyatini olib borayotgan charmqo‘lqop ustalarining muvafaqqiyatga erishish sirlari, sportchining kun tartibi – taym menejmentga amal qilishi, kunlik mashqlari, ring psixologiyasi, katta sportda adolatsizlik va mag‘lubiyat, inson irodasi hamda taktik haraktlarda aqlning kuchi, 2016 yil Olimpiada, Jahon chempionatidagi uchrashuvlar va O‘zbek taygers faoliyati haqidagi o‘zini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

 Shu bilan birga brifing yakunida Institut rahbariyati sportchilarni yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb qilish hamda O‘zbekistonda sportni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi uchun tashakkurnomalar bilan taqdirlanib, engil atletika sport turi bo‘yicha maktab musobaqasida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga chempionlarimiz tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Tadbirning ikkinchi qismida esa, maktabda “Qo‘l jangi”, “Kikboksing”, “Karate”, “Tekvando”, “Kurash” sport to‘garaklariga boradigan o‘quvchilarga “Boks” va “Dzyudo” sektsiyalarida mahorat darslarida bokschilarimiz  olib borildi. Bundan esa maqsad sportning olimpia turlarini targ‘ib qilishdan iborat.

photo_2019-05-18_15-32-18

photo_2019-05-18_15-01-10

photo_2019-05-18_15-37-30

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!