“Real” Rodridan voz kechib, undan zo‘rini topdi
“Oltin to‘p”ning amaldagi sohibi Rodri “Real” nishoniga tushgan edi. Madridliklar maylon markazini kuchaytirish uchun Angliya Premer-ligasining yana bir vakili – “Kristal Pelas” o‘yinchisi Adam Uortonga ham qiziqish bildirayotgan di.
Biroq so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” rahbariyati Angliya Premer-ligasining har ikki vakilini olish fikridan qaytgan.
“Real” tarkibini “Pari Sen-Jermen” vakili Vitinya bilan kuchaytirishni istayapti. Ekspertlarning ta’kidlashicha, portugaliyalik yarim himoyachining shartnomasi uni shu yoz olish imkonini bermaydi.
Biroq madridliklar bu katta transferni joriy mavsum yakunlanganidan keyin amalga oshirishi mumkin.
Ayrim manbalarda qayd etilishicha, 2026 yilning yozida Vitinyani 90 million evroga transfer qilish imkonini beradigan band ishga tushadi. “Qirollik klubi” esa, undan unumli foydalanib qolishni ko‘zlayapti.



Fikrlar