
Chempionlar ligasining yangi mavsumidagi birinchi golni kim urdi?
Evropa Chempionlar ligasining guruh bahslari boshlandi. Statistik va qiziqarli ma’lumotlar ishqibozlarini yangi mavsumning birinchi golini kim urgani qiziqtirsa kerak.
Bu gal “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli musobaqasida raqib darvozasini birinchi bo‘lib ishg‘ol qilish “Leyptsig” himoyachisi Muhammad Simakanga nasib qildi.
Frantsiyalik futbolchi Shveytsariyaning “Yang Boyz” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvninsh boshidayoq hujumga qo‘shildi va uchinchi daqiqada mezbonlar darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu bahs Bundesliga vakilining 3:1 hisobidagt g‘alabasi bilan yakunlandi.
23 yoshli Simakan 2022 yildan beri “Leyptsig” sharafini himoya qilib kelmoqda. Ungacha iste’dodli himoyachi o‘z yurtida “Strasbur” jamoasida to‘p tepgan.
Fikrlar