Chempionlar ligasining uch karra g‘olibi: “Evropaga kelganimda cho‘ntagimda besh evro bor edi xolos”

  • 17 yanvar, 2021, 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda “Portu” sharafini himoya qilayotgan mashhur futbolchi Pepe Braziliyadan Evropaga kelganida moddiy qiyinchiliklardan qiynalganini aytib berdi. U 18 yoshida Portugaliyaga kelib, “Maritimu”ga o‘rnashib olgan.

Tecno

- Men Evropaga kelganimda cho‘ntagimda besh evro miqdorida pul bor edi. Bu pullarni onamga telefon qilib, hammasi joyidaligini aytishga sarflaganman. Men qorin to‘ydirishdan ko‘ra, onamni tinchlantirishni ma’qul ko‘rgandim.

Samolyot qo‘nganida soat kechasi 11 dan o‘tgan edi, men aeroport xodimiga pulim yo‘qligini aytib, undan egulik so‘raganman. U mening qornimni to‘ydirgan. Bu menga qattiq ta’sir qilgan va shundan keyin doim odamlarga yordam berishga ahd qilganman, - deydi Pepe.

Pepe faoliyati davomida “Real” tarkibida uch marotaba Chempionlar ligasida zafar quchgan. 2016 yilda Portugaliya terma jamoasi safida Evropa chempionatida ham g‘olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!