
Chempionlar ligasida hafta futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi
UEFA Chempionlar ligasi 1/2 finali dastlabki o‘yinlarining eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi.
Tashkilot rasmiy saytida quyidagi nomzodlar keltirilgan:
"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella "Milan" bilan o‘yinda (2:0) 12,46 km masofani bosib o‘tdi, to‘p uzatishlar aniqligi - 86%, maksimal tezlik - 32,4 km/soat.
"Inter" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan "Milan" bilan o‘yinda (2:0) gol urdi, uzatmalar aniqligi - 95%.
“Real” vingeri Vinisius Junior “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinda (1:1) gol urdi va raqib darvozasi tomon 3 ta aniq zarba berdi.
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne "Real"ga qarshi o‘yinda (1:1) gol urdi, uzatmalar aniqligi - 81%.
Nomzodlarga ovoz berish UEFA rasmiy saytida davom etmoqda.
Fikrlar