Chempionalar ligasi 1/8 final bosqichi qur’asi haqida ba’tafsil ma’lumot

  • 7 noyabr, 2022, 15:49
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Qur’a Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. 

Tecno

Guruh bosqichi natijasiga ko‘ra, "Napoli", "Liverpul", "Portu", "Bryugge", "Bavariya", "Inter", "Tottenxem", "Ayntraxt", "Chelsi", "Milan", "Real" Madrid, "Leyptsig", "Manchester Siti", "Borussiya" (Dortmund) , PSJ va "Benfika" turnirning nimchorak bosqichiga yo‘l oldi.

Guruhlarida birinchi o‘rinni egallaganlar klublar birinchi savatchadan, ikkinchi o‘rinni egallaganlar esa keyingi savatchadan joy oladi. Bir mamlakat jamoalari, shuningdek, joriy mavsum bir guruhda o‘ynagan klublar 1/8 finalda to‘qnash kela olmaydi.

Chempionlar ligasining 1/8 finali uchun savatchalar quyidagicha ko‘rinish oladi:

Birinchi savatcha: "Napoli", "Portu", "Bavariya", "Tottenxem", "Chelsi", "Real" Madrid, "Manchester Siti", "Benfika".
Ikkinchi savatcha: "Liverpul", "Bryugge", "Inter", "Ayntraxt", "Milan", "Leyptsig", "Borussiya D", PSJ.

Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki o‘yinlari 2023 yilning 14-15 va 21-22 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Javob o‘yinlari 7-8 va 14-15 mart kunlari o‘tkaziladi.

Qur’aga oid barcha yangiliklarni SPORTS.uz sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!