
Chempion jamoa “Roma”dan o‘yinchi olmoqchi
“Inter” klubi rahbariyati jamoa tarkibini “Roma” sharafini himoya qilayotgan Kris Smolling bilan muzokara boshladi.
Milanliklar angliyalik 33 yoshli futbolchini yozda erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deb xabar tarqatmoqda Calciomercato nashri.
Kris Smolling 2020 yili “Manchester Yunayted”dan “Roma” ko‘chib o‘tgandi. Tajribali himoyachida rimliklar bilan kelishuvni bir tomonlama uzaytirish huquqi bor. Shunga qaramay, “Inter” vakillari uni jamoani almashtirishga ko‘ndirmoqchi bo‘lyapti.
Smolling joriy mavsumda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi. Joze Mourino klub rahbariyatidan aslsiy himoyachiga aylangan futbolchini olib qolishni so‘ragan.
Fikrlar