
"Chelsi"ning yangi xo‘jayinlari: Tuxel, tila tilagingni
"Chelsi"ning yangi xo‘jayini – Todd Byoli boshqaruvidagi konsortsium bosh murabbiy Tomas Tuxelni yozgi transfer bozorida katta xarajatlar bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Evening Standard xabariga ko‘ra, klubga beshtagacha yangi o‘yinchi olib kelinishi mumkin.
Tuxel yangi rahbariyatdan Andreas Kristensen va Antonio Ryudiger o‘rniga ikkita markaziy himoyachi so‘ramoqda. Murabbiy jamoaga ushbu ikki himoyachi o‘rniga ham yangi futbolchilar olib kelmoqchi, chunki bu mavsumda Ris Jeyms va Ben Chilvellning yo‘qotishlari jamoaga sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Bundan tashqari, Tuxel hujum chizig‘ini kamida bitta yangi futbolchi bilan yangilamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Todd Byoli konsortsiumi Buyuk Britaniya hukumati va premer-liga rahbariyati tomonidan tasdiqlash jarayonidan o‘tmoqda. Klubni yangi xo‘jayinlarga topshirish jarayoni may oyi oxirigacha yakunlanishi kerak.
Fikrlar