"Chelsi"ning asosiy futbolchilaridan biri Evropa ligasi finalini o‘tkazib yuboradi

  • 17 may, 2019, 09:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik "Arsenal"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Evropa ligasi final bahsini o‘tkazib yuboradi.

Tecno

Klub rasmiy saytining xabar berishicha 23 yoshli angliyalik futbolchi "Nyu-Inglend Revolyushn" (3:0) jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida jiddiy jarohat olgan. Endi u tez orada jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazadi.

Hozircha shifokorlar uning qachon safga qaytishini aniq aytishmayapti.

Ma’lumot uchun, Loftus-Chik joriy mavsum “aristokratlar” safida jami 40ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Alisher
17/05/2019 09:16
Мхитарян билан билла дам олади