
"Chelsi"ga yangi darvozabon keladi. Kepa zaxiraga "uloqtiriladi"
"Chelsi" "Renn" darvozaboni Eduar Mendining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Senegal terma jamoasi posboni yangi haftada “aristokratlar” bilan shartnoma imzolaydi. Uning transferi uchun esa London grandi 20 million evro sarflaydi.
Mendi katta ehtimol bilan "Chelsi"da ishonchni oqlay olmayotgan Kepa Arrisabalaga o‘rniga asosiy darvozabon bo‘ladi.
Fikrlar