"Chelsi"ga PSVdan zo‘r futbolchi kelmoqda

  • 17 yanvar, 2023, 09:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSV klubi yarim himoyachisi Noni Madueke faoliyatini vatanida davom ettirishi mumkin. Uni Londonning “Chelsi” jamoasi o‘z safiga chorlamoqda.

Tecno

Taniqli insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 20 yoshli angliyalik futbolchi “aristokratlar” bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. “Chelsi” esa eyndxovenliklarga ushbu transfer uchun taxminan 30 million evro to‘laydi. Kelishuv shu hafta rasman e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Noni Madueke PSV tarkibida Niderlandiya chempionatida beshta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!