“Chelsi”ga bitta yaxshi va bitta yomon xabar

  • 1 dekabr, 2021, 08:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” tarkibni kuchaytirish maqsadida “Yuventus” etakchisi Federiko Kezaga xaridor bo‘lmoqda. Manbalar Turin klubi o‘z futbolchisi uchun 100 million evrodan ko‘proq mablag‘ ko‘rsatilgan taklif kutayotganini ma’lum qildi.

Tecno

Yaxshi xabar shundan iboratki, “Yuventus” xo‘jayinlari klubning moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun Kezani sotishga rozi. Buning uchun ular o‘z ko‘ngliga tugib qo‘ygan narxni topsa bo‘ldi. Bu “Chelsi”ning qo‘lidan kelishi ham sir emas.

Biroq, kutilmagan muammo ham kelib chiqqanini aytish kerak. Federiko Keza jarohat oldi va bu yil boshqa maydonga tushmaydi. “Yuventus” yanvarda bu futbolchini jarohat tufayli sotmaydi. Endi “Chelsi” yozgacha sabr qilishiga to‘g‘ri keladi.

Federiko Kezaning o‘zi ham kuchli klublardan taklif bo‘lsa, Turinni tark etishga moyilligini bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!