“Chelsi”da so‘nggan yulduzga yangi xaridor chiqdi

  • 4 mart, 2022, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Borussiya Dortmund” jamoasi “Chelsi” hujumchisi Timo Vernerni Bundesligaga qaytarishga qaror qildi.

Dortmundliklar yozda asosiy to‘purari Erling Xolandni ushlab qolishi qiyin bo‘ladi. Shu maqsadda ular kelasi mavsum uchun kuchli hujumchi qidirmoqda. Bu Timo Verner bo‘lishi kutilmoqda.

Germaniyalik futbolchi o‘z yurtida muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan. U “Shtutgart” safida 14 ta va “Leyptsig”da 95 ta gol urganidan keyin “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq, iste’dodli hujumchi Angliya futboliga moslasha olmadi va “aristokratlar”ning asosiy tarkibiga kira olmayapti.

2020 yili 53 million evro evaziga London klubiga ko‘chib o‘tgan Veren jami 75 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urdi. Tabiiyki, bu statistika “Chelsi” rahbariyatini umuman qoniqtirmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!