"Chelsi"da omadi kelmayotgan Vernerga zo‘r xaridor chiqdi

  • 13 oktabr, 2021, 14:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" hujumchisi Timo Verner tez orada super klubga aylanishi taxmin qilinayotgan "Nyukasl"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kristian Falk o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "Nyukasl"ning yangi xo‘jayinlari yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishmoqchi. O‘z navbatida "Chelsi" rahbariyati ham “Stemford Brij”da ishlari u qadar yurishmayotgan germaniyalik futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor.

25 yoshli Verner joriy mavsum "Chelsi" safida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!