"Chelsi" vingeri "Milan"ga o‘tishga yaqin

  • 10 iyun, 2023, 22:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chesli" va’kili Kristian Pulishich klubni tark etishga yaqin turibdi. "Aristokratlar" ham uni qo‘yib yuborishga qarshi emas, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, 24 yoshli futbolchining ko‘plab jamoalardan takliflar bo‘lmoqda. Ammo "Milan" AQShlik vinger uchun kurashda favorit hisoblanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Pulishich 2019 yilda "Borussiya"dan 64 million evro evaziga sotib olingan. Uning ayni damdagi "Transfermarket" portalidagi narxi 32 million evroga teng bo‘lib turibdi. 

Kristiandan tashqari, londonliklarni yana bir necha futbolchilar tark etadi. Ziesh, Obameyang, Kante, Xaverts va Kovachich kabi o‘yinchilar o‘z jamoasini o‘zgartirmoqchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!