
“Chelsi” ikki yilda to‘rttagina gol urgan “nozik” hujumchini oladi
Transferlar haqida asosan to‘g‘ri chiqadigan xabarlarni tarqatuvchi taniqli jurnalist Adam Nyuson “Chelsi” tez orada kelajakda pand berishi mumkin bo‘lgan transferni amalga oshirishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, “aristokratlar” PSVda o‘ynayotgan Chukvunons Maduekega og‘iz solmoqda. Bu o‘yinchi Niderlandiya chempionatida oxirgi ikki mavsumda 22 marotaba maydonga tushib, atigi to‘rtta gol urgan.
Angliyalik futbolchi ancha yosh – 20 yashar bo‘lishiga qaramay, jarohatlarga moyilligi katta. “Chelsi” bu hujumchi uchun 45 million evro sarflamoqchi bo‘layotgan mutaxassislarni hayratga solmoqda.
Joriy mavsum oldidan “Chelsi” yana bir “nozik” futbolchi – Uesli Fofanani transfer qilgandi. Og‘ir jarohatdan tuzalib, yangi mavsumni “aristokratlar” safida boshlagan Fofana darrov shikastlandi va hozirga qadar safga qaytgani yo‘q.
“Chelsi” bosh murabbiyi Grem Potter Maduekening tezkorligi va dribling ustasi ekaniga ishonib, uni London klubida o‘ynashini istayapti.
Fikrlar