“Chelsi” tarkibning yarmini yangilaydi

  • 20 may, 2022, 21:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozda jamoa tarkibini o‘zgartirishga qaror qildi. Goal.com portalining xabar berishicha, birinchi navbatda himoya chizig‘i yangilanadi.

Tecno

“Aristokratlar”ning asosiy to‘rt himoyachisining shartnomasi yakunlanmoqda. Ularning hech biri klub bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi emas.

Germaniyalik mutaxassis vaziyatdan chiqish uchun to‘rt himoyachi – Jyul Kunde, Presnel Kimpembe, Xose Ximenes va Yoshko Gvardiolni transfer qilishni istayapti.

Shuningdek, “Chelsi” maydon markaziga Orelen Chuameni va Deklan Raysni olib kelishni rejalashtirmoqda.

Hujum chizig‘ini kuchaytiradigan to‘purar sifatida “Bavariya”dan ketishga harakat qilayotgan Robert Levandovski nomzodi ko‘rilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!