
"Chelsi" "Real"ga qarshi o‘yin oldidan APLdagi tur uchrashuvi orqali imkoniyatlarini chamalab oldi
"Chelsi" Angliya chempionati 34-tur doirasida "Fulxem" bilan kuch sinashdi. Bellashuv "aristokratlar"ning ustinligi ostida o‘tdi.
Mezbonlar vakili Kay Xaverts birinchi taymning 10- va ikkinchi bo‘limning 49-daqiqalarida gol urib o‘z nomiga dublni rasmiylashtirdi. Shu bilan birga "Chelsi" uchun muhim 3 ochkoni olib keldi.
Tomas Tuxel shogirdlari g‘alabadan so‘ng APLdagi o‘z o‘rnini mustahkamlab oldi hamda EChLda "Real"ga qarshi javob bahsi oldidan imkoniyatlarini chamalab oldi.
"Fulxem"ga esa chempionatni tark etish xavfi ortmoqda.
Fikrlar