
“Chelsi” MYu raqobatidan qutildi
“Chelsi” Frantsiya chempionatida “Monako” sharafini himoya qilayotgan Orelen Tchuameni uchun kurashda “Manchester Yunayted” raqobatidan qutildi.
Mashhur jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, manchesterliklar yarim himoyachini olish fikridan qaytgan va bu transfer bo‘yicha ishni to‘xtatdi. Shuningdek, Ule-Gunnar Sulsher o‘z jamoasiga “Bavariya” yarim himoyachisi Korentin Tolissoni ham taklif qilmaydigan bo‘ldi.
Orelen Tchuameni “Monako”dan tashqari “Bordo” jamoasida ham to‘p tepgan.
Fikrlar