
“Chelsi” katta umidlar bilan olib kelingan darvozabonidan ayrildi
“Chelsi”ning asosiy darvozaboni Kape Arrisabalaga ishonchli o‘yin namoyish eta olmaganidan keyin londonliklar Frantsiya chempionatida pishgan Eduard Mendini olib kelgan edi.
Frenk Lempard endigina darvozabon masalasida xotirjam bo‘lgan bir pallada kutilmagan muammo chiqdi. Mendi Senegal terma jamoasi tarkibida jarohat oldi.
28 yoshli darvozabon terma jamoa qarorgohidan Londonda qaytib keldi. Endi u tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va jarohatining darajasi, tiklanish muddati bo‘yicha qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tadi.
“Renn” jamoasidan 24 million evroga sotib olingan tajribali golkiper “Chelsi”ning uchta uchrashuvida qatnashib, ikkita gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar