
“Chelsi” katta transferni hal qildi
Insayder Fabritsio Romano “Chelsi” rahbariyati Angliya premer-ligasining eng kuchli futbolchilaridan biri Rahim Sterling bilan shazsiy shartnoma borasida kelishib olgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, “Manchester Siti”ning 27 yoshli hujumkor futbolchisi kelasi mavsumni London klubi safida boshlashi kutilmoqda.
Sterling xarakteri tufayli jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan yaxshi chiqisha olmaydi. Qolaversa, ispan murabbiyi Erling Xoland kelganidan keyin jamoa hujum chizig‘ini qayta tashkil qilmoqchi.
Sterling mavsumni 47 ta uchrashuvda kiritilgan 17 ta gol va to‘qqizta assist bilan yakunladi.
Fikrlar