Nega "Chelsi" futbolchisi qamoqqa olindi?

  • 18 may, 2020, 11:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” forvardi Kallum Xadson-Odoi mamlakatdagi karantin qoidalarini buzgani uchun London politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi.

Tecno

The Sun nashriga ko‘ra, ingliz futbolchisi internetda tanishgan model qiz bilan o‘z uyida uchrashgan. Hibsga olish yakshanba kuni ertalab qiz tez yordam va politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgach amalga oshirilgan. Model kasalxonaga joylashtirilgan, Xadson-Odoi esa voqea joyida hibsga olingan. Qizning ahvoli nega birdan yomonlashgani hozircha noma’lum.

Ta’kidlash kerakki, Kallum yaqindagina koronavirusdan sog‘aygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!