
"Chelsi" futbolchisi Messi bilan bir xil natija qayd etdi
"Chelsi" futbolchisi Kay Xaverts kecha ajoyib natija qayd etdi. U klubi safida gol urib, jamoasiga jahon chempionligini olib berdi.
Bundan tashqari, germaniyalik iste’dod sohibi EChL va klublar o‘rtasidagi JCh finalida gol urdi. Kaydan oldin bunday sharafga faqat Lionel Messi sazovor bo‘lgandi.
O‘shanda Messi 2011 yil "Barselona" bilan trebl qayd etgan. Shuningdek, u EChL finalida MYuga, keyin klublar o‘rtasidagi JChda "Santos"ga 2ta gol urgandi.
Fikrlar