
“Chelsi“ frantsiyalik futbolchini xarid qilmoqchi
“Chelsi“ yozgi transferlar oynasida bor e’tiborini “Sevilya“ vakili Jyul Kundeni sotib olishga qaratadi. Jamoa rahbariyati yangi mavsum oldidan markaziy himoyachi xarid qilishni rejalashtirgan.
“Sevilya“ futbolchisi uchun 65-70 million evro so‘rashi kutilyapti. Shunga qaramay, London klubi frantsiyalik himoyachini arzonroq summa evaziga qo‘lga kiritishni xohlamoqda.
“Transfermarkt“ portalida 23 yoshli iste’dod sohibining bahosi 60 million evro etib belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, Jyul Kunde ushbu mavsum La Liganing 19 o‘yinida bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar