"Chelsi" EChL javob uchrashuvidan oldin "Bavariya"ni kuchsizlantirmoqchi

  • 26 iyun, 2020, 00:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda yangi chaqiriqlarga tayyorligini ma’lum qilgan "Bavariya" himoyachisi David Alaba yangi mavsumni APL klubida boshlashi mumkin.

Tecno

The Athletic nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Chelsi" 28 yoshli futbolchi transferi masalasida nemis klubi mutasaddilari bilan aloqaga chiqib ulgurgan.

Manbada ta’kidlanishicha, Lempard jamoasi Alabani 80 million evroga baholanayotgan "Lester" himoyachisi Ben Chiluellga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" va "Bavariya" avgust oyida EChL 1/8 finali javob uchrashuvi doirasida kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!