
“Chelsi”: Bu futbolchini aniq olamiz!
“Chelsi” mutasaddilari “Everton” yarim himoyachisi Entoni Gordon transferini amalga oshirishga katta e’tibor qaratmoqda.
The Bobble nashrining yozishicha, “aristokratlar” 21 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan.
Gordonning o‘zi klub rahbariyatiga murojaat qilib, o‘zini London klubiga qo‘yib yuborishni so‘rayapti. Tomas Tuxel jamoasi yosh futbolchi bo‘yicha bir necha bor taklif yuborib, rad javobini oldi.
Manbalarning ta’kidlashicha, londonliklar Angliya yoshlar terma jamoasi etakchisi uchun 70 million evro berishga tayyor. Bu narx “Everton”ni qoniqtiradi.
Fikrlar