
“Chelsi” akademiyasi yulduzlari klub bilan shartnoma tuzishdan bosh tortmoqda
“Chelsi” akademiyasining eng yaxshi uch futbolchisi klub bilan shartnoma tuzishdan bort tortdi.
Tino Livramento, Lyuis Beyt va Maylz Pirt-Xarrisning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. Odatga ko‘ra, klub mutasaddilari o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchilariga yangi hamkorlikni taklif qildi. Biroq, futbolchilar Evropaning boshqa klublaridan bo‘layotgan qiziqishlar tufayli yangi kelishuvga ko‘nmadi.
Avvalroq, murabbiylar shtabi Livramento va Beytni asosiy tarkibning mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlariga jalb qilishni rejalashtirgan edi. Lekin ular o‘z tengqurlari Shotlandiyaning “Seltik” jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yiniga ketgani uchun 16 yoshli futbolchilar bilan mashg‘ulot o‘tadi.
Ta’kidlash joizki, Tino Livramento klub akademiyasining 2020-2021 yilgi mavsumdagi engzo‘r o‘yinchisi, deb topilgan edi.
Fikrlar