“Chelsi” Afrika tarixidagi eng qimmat futbolchini oladi

  • 9 noyabr, 2021, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” mutasaddilari yozgi transferlar vaqtida “Napoli” hujumchisi Viktor Osimxenni olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Nigeriya terma jamoasining 22 yoshli hujumchisi Italiya chempionatida barqaror o‘yin ko‘rsata boshladi. Osimxen Evropadagi faoliyatini 2017  yili “Volfsburg” safida boshlagan. Debyut mavsum muvaffaqiyatsiz chiqqach, uni Belgiya chempionatiga – “Sharlerua” ga jo‘natishgan. Bu jamoa safida 34 ta o‘yinda 19 ta gol urgan hujumchini “Lill” 2019 yili o‘z safiga qo‘shib oldi.

“Napoli” Osimxenni  2020 yilda 70 million evroga transfer qilib, Afrikaning eng qimmat futbolchisiga aylantirdi. Viktor joriy mavsumda A Seriyada o‘nta uchrashuvda beshta gol urdi.

Ayni paytda uning transfer summasi 90 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!