
"Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" Superligadagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng o‘z imijini qanday oshirish yo‘lini topdi
"Chelsi", "Tottenxem" va "Arsenal" klublari mavsumoldi mini turnirni o‘tkazish uchun o‘zaro muzokaralar olib bormoqda.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda, London klublari musobaqani o‘z stadionlarida “Evro-2020” yakuni (14 iyul) va premer-liga startiga (14 avgust) qadar o‘tkazmoqchi.
Turnirlardan tushgan mablag‘larning aksariyati xayriya mablag‘lariga sarflanadi.
Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad - Evropa Superligasiga qo‘shilgan klublarning muxlislar oldida imijini oshirishdan iborat.
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan Evropa Superligasiga "Chelsi", "Tottenxem" va "Arsenal"dan tashqari "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Liverpul" kabi APLning boshqa klublari ham qo‘shilgan edi. Ammo muxlislarning noroziliklari sabab ularning barchasi Superligadan chiqishga majbur bo‘ldi.
Fikrlar