
Chalxanoglu uchun odatiy ish! U endi "Inter"ning ortidan "pichoq urmoqchi"
"Inter" Hakan Chalxanogluning harakatlaridan norozi.
"La Gazzetta dello Sport" nashrining ta’kidlashicha, "Inter" rahbariyati yarim himoyachi "Bavariya" bilan muzokara olib borganidan g‘azablangan. Futbolchining agenti Myunxen klubi vakillari bilan kamida ikki marta uchrashgan va milanliklar bu tasodif emasligiga ishonishyapti.
Ma’lum bo‘lishicha, Italiya klubi Chalxanogluni juda katta taklif tushsagina sotishga rozi bo‘ladi. Agar "Bavariya" 70 million evro taklif qilsa, bu muzokaralarning boshlanish nuqtasi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Hakan 2021 yilda "neradzurrilar"ning ashaddiy raqibi hisoblangan "Milan" jamoasidan erkin agent sifatida "Inter" klubiga ko‘chib o‘tgandi.
Fikrlar