"CAFA Nation's Cup". O‘zbekistonning Turkmanistonga qarshi o‘yinini qancha muxlis bevosita stadiondan kuzatdi? (foto)

  • 15 iyun, 2023, 15:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqich uchrashuvlari davom etmoqda.

Tecno

Kecha "A" guruhi vakillari ikkinchi tur uchrashuvlarini o‘tkazdi. O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida Turkmaniston termasi bilan bellashib, 2:0 hisobida zafar quchdi.

Stadion suhandoni tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur bahsni 14 410 nafar muxlis bevosita stadiondan kuzatib bordi.

Keyingi tur o‘yini ham aynan shu o‘yingohda bo‘lib o‘tadi. Unda vakillarimizga Tojikiston termasi raqiblik qiladi. Bellashuv 17 iyun sanasiga belgilangan.

gnl

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Jaloliddin
15/06/2023 23:04
Qachongacha stadionni toʻldirish uchun talabalardan foydalanamiz