Buxoroda kikboksing bo‘yicha "Amir Temur" kubogi uchun xalqaro turnir tashkil qilinadi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston MMA olamining mashhur vakillaridan biri, O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Buxoro bo‘limi raisi, Buxoro qo‘l jangi federatsiyasi rahbari Muzaffar Radjabov O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangan edi.

Tecno

Ma’lumki, Muzaffar Radjabov Buxoroda “Amir Temur” klubi asoschisi ham sanaladi. Albatta, buni bejizga ta’kidlab o‘tganimiz yo‘q. Sababi, O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi prezidenti Oybek Narmetovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston kikboksing assotsiatsiyasi hamda “Amir Temur” klubi hamkorlikda turnirlar tashkil etishni rejalashtirgan.

Jumladan, Muzaffar Radjabov boshchiligida professionallar o‘rtasida xalqaro turnir hamda havaskorlar o‘rtasida ham "Amir Temur" kubogi uchun xalqaro turnir o‘tkaziladi. Mazkur o‘ziga xos jang kechalari joriy yilning avgust oyida tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Bu borada ularga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!