
"Buxoro" Turkiyaga ketdi. Tarkibdan kimlar joy oldi?
“Buxoro” klubi qishki yig‘inining navbatdagi bosqichini o‘tash uchun Turkiyaning Antaliya shahriga jo‘nab ketdi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Bugun soat 15:50 da jamoa delegasiyasidan tashkil topgan tarkib «Buxoro xalqaro aeroporti»dan Buxoro-Istanbul-Antaliya yo‘nalishi bo‘ylab charter reysda parvoz qildi.
Ikki hafta davomida ya’ni, 24 yanvardan to 7 fevral sanasiga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyogarlik olib boradigan «Buxoro» yig‘in doirasida beshta nazorat o‘yinlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Lekin raqiblar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
«Buxoro» Antaliyada «Tui Magic Life Jacaranda» mehmonxonasida joylashadi va ertadan mashg‘ulotlarga kirishadi.
Antaliya yig‘iniga yo‘l oladigan tarkib ro‘yxati quyidagicha:
Murabbiylar shtabi va rahbariyat
Bosh direktor: O‘tkir Qodirov
Bosh murabbiy: Hakim Fuzaylov
Katta murabbiy: Aleksandr Ejov
Yordamchi murabbiy: Akmal Xolmatov
Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy: Suhrob Qobilov
Darvozabonlar murabbiyi: Aleksandr Kit
Jamoa ma’muri: Nozim Umurov
Shifokor: Baxtiyor Hamraev
Massajchi: Jo‘rabek Rajabov
Darvozabonlar
Nikola Stoshich
Sardor Qobuljanov
Akobir Qayumov
Himoyachilar
Obid Juraboev
Abbos Otaxonov
Ixtiyor Toshpo‘latov
Abduxoliq Qurbonov
Farrux Ibragimov
Asiljon Begimqulov
Mirjalol Jumaev
Jasur Hasanov
Jamoliddin Ubaydullaev
Ruslan Koraev
Yarim himoyachilar
Humoyunmirzo Iminov
Jasur Azimov
Dilshod Jo‘raev
Fayzullobek Jumanqo‘ziev
Rustam Abduhamidov
Temur Ismoilov
Siroj Meliev
Hujumchilar
Ro‘zimboy Ahmedov
Aleksandr Kasyan
Fikrlar