
BUUM! Ronaldu MYuni tark etadi. Uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoa nomi ham ma’lum
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.
Bilasiz, MYuga Erik ten Xag bosh murabbiy etib tayinlangan. Niderlandiyalik mutaxassis kelasi mavsum o‘z taktikasiga tushuvchi futbolchilarni o‘ynatishni istayapti. Shu sababli, Krishtianu o‘ziga yangi jamoa topishi lozim.
Bundan tashqari, "qizil iblislar" yangi mavsumda Evropa ligasida o‘ynaydi. Bu ham portugaliyalik forvardning ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, "Bavariya" 37 yoshli goleador xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Myunxenliklar klubni tark etish niyatida bo‘lgan Levadovski o‘rnini Ronaldu bilan to‘ldirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianuning mankunialiklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar