
Butunjahon armiya o‘yinlarida to‘rt nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladi
Xabaringiz bor, Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, ushbu turnirda bokschilarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etishayapti. Jumladan to‘rt nafar charmqo‘lqop ustalarimiz mazkur musobaqaning finaliga yo‘l olgan. Bugun, ushbu bokschilarimiz oltin medal uchun jang qilishadi.
-60 kg: Shunqor Abdurasulov - Entso Grau (Frantsiya)
-69 kg: Bilolbek Mirzarahimov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
-81 kg: Kozimbek Mardonov - Abdulrahmon Orabi (Misr)
-91 kg: Madiyar Saidrahimov - Abzal Quttibekov (Qozog‘iston)
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar