
Butunjahon armiya o‘yinlari. Tennischilarimiz bronza medali uchun kurashishadi
Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya o‘yinlari davgom ettirilmoqda. Tennis bo‘yicha qizlarimiz juftlik bahslaridagi yurishlarini davom ettirishmoqda.
Yasmina Karimjonova va Sabina Sharipova juftligi yarim final bahsida xitoylik qizlarga qarshi kortga chiqishdi va 6:3, 6:2 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.
Ma’lumot uchun, hamyurtlarimiz juftlik bahslarida 26 oktyabr kuni Polsha terma jamoasi a’zolari Marta Lesniyak va Uilk Syuzanna juftligiga qarshi bronza medali uchun kortga chiqishadi.
Fikrlar