
Butunjahon armiya o‘yinlari. Kozimbek Mardonov chempion!
Xitoyning Uxan shahrida Butunjahon armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Unga ko‘ra, boks bo‘yicha mayurtimiz Kozimbek Mardonov final jangini o‘tkazdi.
E’tiborli tomoni, Mardonov finalda Misr terma jamoasi a’zosi Orabi Abdulrahmonni 5:0 hisobida mag‘lub etib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va oltin medal sohibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Shunqor Abdurasulov va Bilolbek Mirzarahimov finalda yutqazib qo‘yishgan edi va kumush medali bilan kifoyalanishgandi.
Fikrlar