
Buskets bugun Inestani ortda qoldirishi mumkin
"Barselona" futbolchisi Serxio Buskets bugun "Rayo Valekano"ga qarshi bahsda maydonga tushsa, ajoyib natija qayd etadi. Unga ko‘ra, Buskets katalon klubida o‘tkazgan o‘yinlari soni bo‘yicha Andreas Inestadan o‘tib ketadi.
Hozirda yarim himoyachi 675 uchrashuvda maydonga tushgan. Inesta ham "Barselona" uchun shuncha bahsda ishtirok etgan.
Agar Buskets sobiq jamoadoshidan o‘zib ketadigan bo‘lsa, "ko‘k-anorranglilar" tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 3-futbolchiga aylanadi. Bu ikki futbolchidan yuqorida ayni paytda "Barselona" bosh murabbiyi bo‘lib turgan Xavi va PSJ futbolchisi Lionel Messi o‘rin olgan.
Xavi Barselonaning bosh jamoasi uchun 767 bellashuvda ishtirok etgan. Messida bu ko‘rsatkich 778 tani tashkil etadi.
Fikrlar