
Buskets "Barsa"ni tark etadi
"Barselona" futbolchisi Serxio Buskets mavsum so‘nggida klubni tark etadi. Uning ketishi haqda Ispaniyaning bir qancha nashrlari xabar tarqatmoqda. Shuningdek, ushbu ma’lumotlarni Fabritsio Romano ham tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, yaqin kunlar ichida Busketsning ketishini jamoa rasman e’lon qiladi. "Barsa"dagi 18 yillik faoliyatdan keyin yarim himoyachi yangi klubga o‘tadi.
Serxioning keyingi manzili hozircha aniq emas. Mish-mishlarga ko‘ra, ispanilikning transferini "Al-Hilol" amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Fikrlar