
"Bunyodkor" va Janubiy Koreyada faoliyat yuritgan futbolchi "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi (Foto)
O‘zbekistonlik yarim himoyachi Jovlon Ibrohimov faoliyatini Namanganda davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda SPORTS.uz sayti manbasi xabar berdi.
Bir yil davomida Janubiy Koreyaning "Suvon" klubida o‘ynagan Jovlon Ibrohimov "Navbahor" bilan shartnoma imzoladi. Endi yarim himoyachi yangi mavsumni Namanganda boshlaydi.
Ma’lumot o‘rnida, Ibrohimov bir necha hafta avval "Suvon" klubini tark etgandi.
Fikrlar