
"Bunyodkor" U21 hamda "Andijon" ishtirokidagi o‘yinda 5 ta gol urildi
Chempionatda yuzaga kelgan tanaffusdan jamoalar unumli foydalanish uchun o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazmoqdalar. Kecha “Bunyodkor” o‘rinbosarlari hamda “Andijon” jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Qiziqarli va 5 ta gol urilgan bellashuvda “Bunyodkor” o‘rinbosarlari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin davomida “Andijon” hujumchisi Shahboz Erkinov penaltidan foydalana olmadi. Shuningdek, gruziyalik legioner Nodari Kavtaradze ikkinchi bo‘lim boshlarida qizil kartochka tufayli maydondan chetlatildi. Shunda ham "Andijon" o‘yindagi intrigani saqlab qola oldi.
“Bunyodkor”: Mirsaid Tursunmatov, Aleksandr Zevadinov, Abdufattoh Foziljonov, Oybek Shomurodov, Mirkomil Annamatov, Bobur Yorbekov, Bilol Tupliev, Kiril Volnuxin, Sudaysiy Jo‘raboev, Diyor Jaloliddinov, Ahmadjon Anvarov.
Zaxiradan tushganlar: Muhammad Yusuf Sobirov, Shohruh Muhsinov, Muhammad Safo Fozilov, Shohruh Qahhorov, Aziz Odilov, Aziz Mahamadjonov, Amal Uvraimov, Muhammad Ayyub Omonov, Ollobergan Karimov, Farhod O‘tkirov, Ulug‘bek Kenjaev.
“Andijon”: Igor Litovka, Ildar Mamatkazin, Ilhom Alijonov, Abdurahmon Komilov, Dilshod Komilov, Farhod Bekmurodov, Levan Arveladze, Sardor Azimov, Ilhom Abdug‘aniev, Farhod Sohibjonov, Rubin Xebay.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Bobur Farhodov, Abduvohid G‘ulomov, Shahboz Erkinov, Sardor Abdunabiev, Suhrob Berdiev, Vladimir Bubanya, Izzat Abdulhaqov, Islom Mamatkazin, Nodari Kavtaradze, Muhammadkarim Toirov, Asilbek Aysarov.
Gollar: Bilol Tupliev, Muhammad Safo Fozilov, Aziz Odilov – Farhod Sohibjonov, Abdurahmon Komilov.
Fikrlar