"Bunyodkor" stadionida nima gaplar?

  • 1 oktabr, 2022, 19:04
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘FA ishchi guruhi qurilish va rekonstruktsiya ishlari olib borilayotgan “Bunyodkor” stadionidagi jarayonlarni o‘rgandi.

Tecno

Maydon maysasi butunlay yangilanayotgan “Bunyodkor” stadioni loyihasining texnik-tashkiliy jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Obektni xalqaro standartlar asosida sifatli bunyod etish, chimlarni saqlash va parvarishlash, hududga mos chim urug‘larini tanlash va kerakli qurilmalarni tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, kelgusidagi mahalliy va xalqaro musobaqalar oldi maydonni to‘liq shay holatga keltirish hamda infratuzilmadan o‘rin oladigan keyingi rejalar muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, mazkur stadionda 2023 yilda yurtimizda bo‘lib o‘tadigan U-20 Osiyo kubogi musobaqasining ochilish va final uchrashuvi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Manba: O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
01/10/2022 21:10
endi yahshi buladi. chogim chunki hamma malum va tan olingdan Nasaf maysalari ekiladi chogim. nasaf hamma sohoga urnak bulapti uzi. keyin. Nasaf qarasa uyinchi etkazib bergani bilan. Uzbek fudboli berdan kuchayib ketmas ekan. chunki poliya ham muhim masala shuning uchun. ham asta asta hamma klublarni poliyasini Nasaf ishchilari yangilap beradi.